Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun chegirmalar beriladi
(Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2024-yil 7-sentabrdagi 549-sonli Qarori)
1) 20 foizi miqdoridagi chegirmalar
O‘zbekiston Respublikasi turoperator va turagentlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan turistik guruhlarga O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlar doirasida joylashtirish vositalari va madaniyat tashkilotlari uchun mehmonxona xizmatlari hamda madaniy xizmatlar uchun xarajatlar umumiy qiymatining 20 foizi miqdoridagi chegirmalar Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
2) Ariza topshirish
Joylashtirish vositalari va madaniyat tashkilotlari taqdim etilgan chegirmalarni qoplab berish maqsadida Turizm qo‘mitasiga chegirmalarni qoplab berish to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qilinadi.
Fargʻona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati