Home \ Yangiliklar \ Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish!

Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish!

« Back

Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish! 25.01.2019 18:12

Joriy yilning 20 fevral kuni  Farg’ona viloyatining Sox tumani “Amir Temur” ko’chasida yangi turizm infratuzilma obyekti (SGSH) ishga tushirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-3514-sonli qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalangan tadbirkor I.Madaminov tomonidan ushbu sanitariya gigiena shoxobchasini barpo etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4095-sonli va PQ-3514-sonli qarorlariga muvofiq sanitariya gigiena shoxobchasini yangidan qurmoqchi va capital ta’mirlamoqchi bo’lgan tadbirkorlar quyidagi imtiyozlarga ega bo’lishadi:

-  100 million so`mgacha - xo`jalik yurituvchi sub` sanitariya qoidalari, me`yorlari va gigiena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta`mirlash va qurishga yo`naltirilgan xarajatlari;

- 12 million so`mgacha - har yili sub`ektlarning sanitariya qoidalari, me`yorlari va gigiena normativlariga muvofiq keladigan sanitariya-gigiena tarmoqlarini, turizm infratuzilmasi ob`ektlarini saqlashga yo`naltirilgan xarajatlari soliqqa tortiladigan daromadlar summasida ayrib tashlanadi.

Shuningdek, namunaviy loyihalar bo'yicha zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tavsiyasiga binoan 80-100 kvadrat metr yer uchastkalarini elektron auktsionga qo’ymasdan imtiyozli huquqlar asosida beriladi;

- 2022 yil 1 yanvardan boshlab belgilangan tartibda sayyohlarni tashrif buyuradigan joylarga sanitariya-gigiyena shoxobchalari  qurilishi uchun sanfayans va antivandal mahsulotlari bojxona to/lovlaridan ozod qilinadi.


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914