Joylarda O‘zbekiston Rempublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda axolining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida sport o‘yinlari tashkil etilmoqda. Bu borada Farg‘ona viloyatining chekka hududlarida ham rejali tarzda tadbirlar o‘tkazish odatga aylangan. Bu safargi sport tadbirlari 12-fevral kuni viloyatning eng chekka – anklav hududi hisoblangan Shohimardon va Yordon MFY da bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg‘ona viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi, Farg‘ona tumani hokimligi, DXX Farg‘ona tumani bo‘limi, tumani turizm va sport bo‘limi, XTB tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona tumani bo‘limi hamkorligida amalga oshirildi. Unda ham ikki MFYdagi 500 nafardan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, bu tadbir tom maʼnodagi sport bayramiga aylanib ketdi. Unda mahallaning uyushmagan yoshlari, ayollar va hatto yoshi ulug‘lar otaxon va onaxonlar ham sport musobaqaloarida bevosita ishtirok etdilar. Tadbir jarayonida ishtirokchilar bir necha guruhga bo‘linib, Sportning minifutbol, voleybol, shaxmat-shashka, stol tennisi, armrestling, arqon tortish va kibersport turlari bo‘yicha o‘zaro musobaqalashdilar. Kimlardir ertalabki badantarbiya mashqlarini bajargan bo‘lsa, boshqalar futbol o‘ynadi. Yana kimlar voleybol o‘ynasa, boshqa bir guruh stol tennisida o‘zaro baxslashdi. Sport bayrami nihoyatda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir so‘nggida musobaqalarda faol qatnashgan ishtirokchilar Farg‘ona viloyati hokimligi ham viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasining estalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Farg‘ona tuman hokimligi tomonidan ajratilgan moddiy-yordam, esdalik sovg‘alari hamda oziq-ovqat mahsulotlari Shohimardon va Yordon MFY da istiqomat qilayotgan nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan va kam taʼminlangan oilalalarga yetkazilib, ularning holidan xabar olindi. Shu bilan bilan birga ularning ijtimoiy muammolari, oilaviy kamchiliklari, uy-joy, ish, transport, subsidiya kabi masalalar ham o‘rganildi. O‘rganilgan masalalar yuzasidan kerakli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilishiga kelishib olindi.
Qishloq aholisi ko‘pdan buyon o‘tkazilmayotgan bu kabi tadbirdan bugun shod bo‘ldi. Bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazilishi istab qolishdi.
Bahodir Hoshimov