Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yil sarhisobi

Turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yil sarhisobi

« Back

Turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yil sarhisobi 25.12.2024 20:59

Bugun Fargʻona viloyat Turizm boshqarmasi tomonidan Farg‘ona shahridagi “Hotel Asia Fergana” mehmonxonasi majlislar zalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

IMG_8862

Anjumanda Fargʻona viloyat hokimi oʻrinbosari, Farg‘ona viloyati Turizm boshqarmasi boshlig‘i Xurshidjon Axmedov, joriy yil yakuniga qadar viloyatimizga jami tashrif buyurgan sayyohlar soni 3 mln. 550,64 ming nafarni tashkil etib, bundan 3 mln. 75 ming nafari ichki va 475,64 ming nafari xorijiy sayyohlar tashrifi kuzatilgani va bu rejaga nisbatan 115 foizga bajarilgani haqida maʼlumot berdi. 

IMG_8845

Hisobotda turizm xizmatlari eksporti 147,8 mln. dollarni tashkil qilib, bir nafar sayyohga oʻrtacha qolish kuni 4-5 kunga yetkazildi. Shuningdek sayyohlarning viloyatdagi sarfi 310 dollardan toʻgʻri kelib, sayyohlarni viloyatga tashrifi oʻtgan 2022-yil yakuniga nisbatan 1,7 barobarga oshgani koʻrsatib oʻtildi. 

IMG_8807

Shuningdek joriy yil davomida viloyatimizda yangi 19 ta  joylashtirish vositalari tashkil etilib, ularning soni jami 361 taga yetkazildi. Shundan, 47 ta mehmonxona; 277 ta oilaviy mehmon uylari va boshqa turdagi joylashtirish vositalari; 37 ta xostellar tashkil topgani haqida ma’lumot berildi. 

IMG_8834

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-12-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishning 34-sonli bayoniga asosan viloyatdagi mehmonxonalarga yulduz toifasini olish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan. Olib borilgan amaliy ishlar natijasida 10 ta joylashtirish vositalariga yulduz toifasi olib berilgani ta’kidlandi. 

IMG_8890

Viloyatimizda xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada jalb qilish maqsadida 2024-yilda davomida 20-dan ortiq festivallar yuqori saviyada tashkil etilgani maʼlum qilindi. 

IMG_8858

Anjuman davomida viloyatimizga  xorijiy OAVlari bilan hamkorlikda  O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilish maqsadida: Yaponiyaning “Asahi TV” telekanali va Malayziyaning “RTM” telekanali ijodkorlari tomonidan hujjatli filimlar suratga olingani haqida ma’lumot berildi.

IMG_9019

Shuningdek, bugungi kunda Farg‘ona viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi roliklar hozirda BBC telekanali orqali butun Yevropa bo‘ylab efirga uzatilib borilayotganini ta’kidlandi.

IMG_8843

Tadbir soʻngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, takliflar tinglandi. Hamda viloyat hokimligi boshchiligidagi barcha shahar va tuman hokimliklari, boshqarma va tashkilotlarga turizm sohasini rivojiga qo‘shayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Fargʻona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914