Viloyatdagi turizm sohasi tadbirkorlar uchrayotgan muammolarni hal etish yuzasidan sayyor qabuli o‘tkazildi 06.12.2022 18:55
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 202 yil 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishining 68-son bayoni 2.2 -bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 6 dekabr kuni viloyat hokimi o‘rinbosari X.Axmedov raisligida viloyatdagi turizm sohasi tadbirkorlarini uchrayotgan muammolarini hal etish yuzasidan sayyor qabuli o‘tkazildi.
Sayyor qabul uchrashuvida 8 ta turizm sohasi tadbirkorlari ishtirok etishdi. Bulardan 4 ta tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishda uchrayotgan muammolari bilan murojaat etishdi. Tadbirkorlarni muammolari viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan eshitib joyida bartaraf etildi.