Logo - Turizm
UZ
UZ RU EN
logo sport
Bosh sahifa \ Biz haqimizda \ Qonunchilik \ Qonunlar \ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH

TURIZM QO‘MITASI RAISI U.R. SHADIYEVNING QO‘MITA VA UNING TIZIM TASHKILOTLARI JAMOALARIGA MUROJAATI
 

O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim qon tomiri hisoblangan turizm sohasini rivojlantirish, Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar va ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini ta’minlash, mamlakatimizning turizm imkoniyatlarini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish va sayyohlar oqimini oshirishda bu sohada mehnat qilayotgan har bir mutaxassis – kadrning muhim o‘rni bor.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga ko‘ra, ichki sayyohlar sonini 25 million, xorijiy turistlar oqimini 15 million, jumladan, “ziyorat turizmi” yo‘nalishida turistlar ko‘lamini 3 million nafarga oshirish, shuningdek, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard AQSh dollari, bundan tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard AQSh dollariga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu kabi yuqori marralar va maqsadli ko‘rsatkichlarga faqatgina turizm sohasida shaffof va hisobdor tizimni yaratish, xodimlarda vatanparvarlik ruhini va yuksak ahloqiy-ma’naviy qadriyatlarni singdirish hamda korrupsion holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish orqali erishish mumkinligini to‘liq anglaymiz.

Korrupsiyaga qarshi kurashish butun jahon miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda korrupsiyaga oid qonunbuzarliklar jahon YaIMning 5%ni yoki 3,6 trln. dollarni tashkil etishi, jamiyatni ichidan yemiruvchi ushbu illat bilan ayovsiz kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi, balki mamlakatimizning har bir fuqarosi, har bir davlat xizmatchisi oldidagi burch ekanligiga alohida urg‘u bermoqchiman.

Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar va amaliy ishlar olib borilmoqda. So‘nggi  yillarda davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, bu yo‘nalishda 2021-yil 6-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6257-son Farmoni hamda PQ-5177-son Qarori qabul qilindi va hayotga tadbiq etilmoqda.

Ushbu muhim normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi va natijadorligini yanada oshirishga katta turtki bo‘ldi.

Shu asnoda, afsus bilan aytish lozimki, ayrim hollarda turizm sohasida ham ba’zi nopok shaxslar tomonidan korrupsiya holatlari va noqonuniy ishlarga aralashib qolayotganligiga guvoh bo‘lamiz.

Yuqoridagilarni inobatga olib, men sizlarni ogohlantirib o‘tmoqchimanki, “Har qanday jinoyat uchun jazo muqarrardir” naqlini har bir davlat xizmatchisi to‘la-to‘kis va teran his qilmog‘i, bu illatga yo‘liqqanda ko‘z oldiga avvalo ota-onasi, oilasi va farzandlarini keltirishi hamda o‘zining va yaqinlarining taqdiri haqida o‘ylashi lozim.

Qo‘mita hamda uning barcha darajadagi tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarni korrupsiyaga nisbatan mutlaqo toqatsiz munosabatda bo‘lishga, davlat xizmatchisi degan yuksak hamda sharafli nomga dog‘ tushirmaslikka va o‘zlarining xizmat majburiyatlarini vijdonan, pok va halol bajarishga yana bir bor chorlab qolaman.

Hurmatli hamkasblar! Har birimiz va hammamiz oldimizga qo‘yilgan topshiriq va vazifalarni amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashda yelkama-yelka turib birgalikda harakat qilaylik!

Shu nuqtai nazardan, turizm sohasiga oid korrupsion holatlar uchraganda, yoki bu borada taklif, ariza yoki shikoyatlar bo‘lsa fuqarolar va xodimlarni Qo‘mitaning quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishga chaqiramiz.

 

Qo‘mitaga bog‘lanish uchun:
Telefon nomer: 71-205 06 00

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi (ichki raqam 181)

Murojaatlar bo‘limi (ichki raqam 711),

Axborot xizmati (ichki raqam 141)

Qo‘shimcha ravishda 1163 qisqa raqam

Veb sayt – https://gov.uz/oz/uzbektourism

Telegram – @motach_anticorruption_bot

 

Umid Rustamovich Shadiyev

Turizm qo‘mitasi raisi

KORRUPSIYAGA NISBATAN MUROSASIZ MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH BORASIDA TARG‘IBOT MATERIALLARI

https://youtu.be/kv4WsyIe3J0 

Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914