Beshariq tumani Andarxon mahallasida bo‘lib o‘tgan “Qovun sayli” doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.
![]()
Yarmarka davomida mamlakatimizning turistik salohiyati, hududlarda mavjud sayyohlik yo‘nalishlari va turizm xizmatlari namoyish etildi. Tadbir ichki turizmni rivojlantirish, aholini yurtimizning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishtirish hamda mahalliy sayohatlarni ommalashtirishga xizmat qildi.
![]()
Shuningdek, yarmarka ishtirokchilarga mamlakatimizning turli hududlaridagi turistik imkoniyatlar haqida ma’lumot olish imkonini berdi. Hududlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Bunday tadbirlar mahalliy aholi va mehmonlarning sayohatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va hududlarning o‘ziga xos turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish uchun muhim maydon hisoblanadi.
![]()
Yarmarka “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslardan biri bo‘ldi.
http://@ferghanatourism