Home \ Yangiliklar \ Bugun, 4-noyabr kuni Farg‘ona viloyatida “Xavfsiz mehmon uyi” loyihasi doirasida mehmon uylari hududida joylashtiriladigan xodimlar va mehmonlar uchun yong‘in o‘chirish moslamalari va yo‘riqnomalar aks ettirilgan infografikalar bepul tarqatilmoqda.

Bugun, 4-noyabr kuni Farg‘ona viloyatida “Xavfsiz mehmon uyi” loyihasi doirasida mehmon uylari hududida joylashtiriladigan xodimlar va mehmonlar uchun yong‘in o‘chirish moslamalari va yo‘riqnomalar aks ettirilgan infografikalar bepul tarqatilmoqda.

« Back

Bugun, 4-noyabr kuni Farg‘ona viloyatida “Xavfsiz mehmon uyi” loyihasi doirasida mehmon uylari hududida joylashtiriladigan xodimlar va mehmonlar uchun yong‘in o‘chirish moslamalari va yo‘riqnomalar aks ettirilgan infografikalar bepul tarqatilmoqda. 04.11.2022 15:15

Bugun, 4-noyabr kuni Farg‘ona viloyatida “Xavfsiz mehmon uyi” loyihasi doirasida mehmon uylari hududida joylashtiriladigan xodimlar va mehmonlar uchun yong‘in o‘chirish moslamalari va yo‘riqnomalar aks ettirilgan infografikalar bepul tarqatilmoqda.

11

Ushbu loyiha O‘zbekiston Turizm va Madaniy meros vazirligi ko‘magida Mehmonxonalar uyushmasi tomonidan GIZ Uzbekistanning “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida tashkil etildi. 

121

111

131

Ma'lumot uchun: 

2022 yilning 7-8 sentyabr kunlari Rishton tumanining “Said‘s Ceramics” oilaviy mehmon uyida, 9-10 sentyabr kunlari Vodil qishlog‘ining “Tursunovlar” oilaviy mehmon uyida, 12-13 sentyabr kunlari Avval qishlog‘ining “Raxmatjon aka” oilaviy mehmon uyida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati)ning Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi oilaviy mehmon uylari uchun “Xavfsiz mehmon uyi” dasturi doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy  meros bosh boshqarmasi hamda GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) bilan hamkorlikda olib borildi.

Seminar-treningni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining vakili Lola Zakirlayeva ochib berdi va seminar-treningning asosiy maqsadi, vazifalari hamda kelajakdagi erishilishi kutilayotgan natijalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

   Ikki kun davomida “Oilaviy mehmon uyi hududida yong‘in xavfsizligi talablari”“Hududda oilaviy mehmon uyi xavfsizligi”, “Sanitariya gigiyenik meʼyor talablari” mavzularida amaliy mahorat darslari o‘tkazildi.

Seminar-treningning birinchi kuni “Oilaviy mehmon uyi hududida yong‘in xavfsizligi talablari” mavzusi ostida tuman Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmasi vakillari tomonidan amaliy mahorat darslari o‘tkazildi. Bunda oilaviy mehmon uyi egalariga o‘t o‘chirish vositasi (ognetushitel)dan foydalanish, o‘t o‘chirish vositasini saqlash va amal qilish muddatlari bo‘yicha tushunchalar berildi, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar xodimlari o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda xayotimizda uchrayotgan yong‘in holatlari, yong‘in kelib chiqishi, sabablari va oldini olish bo‘yicha tushunchalar berdi hamda seminar-trening ishtirokchilarining barcha qiziqtirgan savollari javob berildi.

 Seminar-treningning ikkinchi kuni “Hududda oilaviy mehmon uyi xavfsizligi” mavzusi ostida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) tomonidan taklif etilgan trenerlarning o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bunda oilaviy mehmon uylarida ish joylarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish, ish joyida tartibni saqlash, xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalar, buyruq va ko‘rsatmalarga rioya qilish bo‘yicha tushunchalar berildi hamda yong‘in xavfsizligini oldini olish va o‘t o‘chirish vositasidan foydalanish, birinchi tibbiy yordam berish bo‘yicha tarqatma materiallarni oilaviy mehmonxona uylari egalari sovg‘a tariqasida tarqatildi. 

 Kunning ikkinchi qismida “Sanitariya gigiyenik meʼyor talablari” mavzusi ostida Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy bo‘linmasi vakillari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. Seminar-trening ishtirokchilari tibbiyot xodimlari tomonidan xodimlarning shaxsiy gigiyenasi, kuyish, ovqatlanishda tiqilish va zaharlanish, qo‘l va oyoq singanda shinalardan foydalanish, qon ketganda jgutni qo‘yish tartibi, xushdan ketganda sunʼiy havo berish, tok urganda birinchi yordam berish bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘ldi.


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914