Business Forum - 2021” forumi bo‘lib o‘tdi 01.04.2021 10:32
Farg‘ona viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi Axborot xizmati
Ma’lumki, 30-mart kuni Toshkent shahridagi “Hyatt Ragency Hotel” mehmonxonasida koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini bartaraf etishdagi asosiy masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan “Mehmondo‘stlik sanoatini qayta ishga tushirish 2020/2021. Imkoniyat va istiqbollar” mavzusidagi “Hotel Business Forum - 2021” forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xodimlari, viloyatdagi mehmonxona egalari, turoperator va tadbirkorlar onlayn tarzda ishtirok etdi.