Ushbu trening O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining amaliy yordamida tashkillanib, Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi mehmonxona, xostel va sanatoriy xodimlari uchun “O‘zbekistonda mehmondo‘stlik sohasidagi sanitariya-gigiyena me‘yorlari” mavzusida o‘tkazilmoqda.
![]()
![]()
![]()
Mashg‘ulotlar quyidagi soha mutaxassislari, professional trenerlar tomonidan olib borilmoqda:
Safoeva Sayera - iqtisod fanlari nomzodi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm va servis kafedrasi dotsenti. Yo‘nalishi: Mehmonxona va restoran menejmenti, restoran menejmenti, O‘zbekistonda turizm va milliy meros.
Tashieva Ilmira Medjitovna - Travel Study kompaniyasi direktori va katta o‘qituvchisi. Mehmonxonalar administratorlari va xizmatchilar malakasini oshirish.
Nurmatova Zulfiya Shavkatovna – O‘zbekistonda Turizmni rivojlantirish instituti turizm yo‘nalishi bo‘yicha trener, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm fakulteti o‘qituvchisi.
![]()
![]()
![]()
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan maʼruzalar o‘qiladi.
![]()
![]()
Shuningdek, mehmonxona xo‘jaligi sohasidagi muammolarni hal etish va davlat tomonidan mehmonxona sohasini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida 2019-yilda nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkillangan O‘zbekiston mehmonxonalar Assotsiatsiyasi O‘zbekistondagi mehmonxona xo‘jaliklarini konsalting va huquqiy qo‘llab-quvvatlash, mehmonxonalarga professional xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni jalb etish va mamlakatda mehmonxonachi kasbini ommalashtiradi.
![]()
![]()
![]()
![]()
Farg‘onadagi seminar-treningda viloyatdagi mehmonxona va turizm sohasi muassasalaridan ikki hududiy bosqich va ikki smenada 105 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilar maxsus sertifikatga ega bo‘ladi.
Seminar-trening 18-iyunga qadar davom etadi.