Farg‘ona va O‘sh viloyatlarining turistik hamkorligi kuchaymoqda
Farg‘ona viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi Matbuot xizmatiAvval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning 11−12 mart kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlari tomonidan hududlararo hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha qabul qilingan «Yo‘l xaritasi»ga asosan Farona viloyatida Qirg‘izistonning Norin viloyati delagasiyasi ishchi tashrif bilan kelgan edi.
Unda ko‘tarilgan masalalardan yana biri turizm faoliyatini rivojloantirishga qaratilgan bo‘lib, ikki viloyatning diqqatga sazovor joylari, madaniy va turistik obyektlari, hushmanzara va sokin tabiat manzaralari to‘g‘risida gapirilgan. Shundan kelib chiqqan holda 19-mart kuni Farg‘ona va Norin viloyatlarining turfirmalari, turoperatorlari hamda har ikki viloyatning mutasaddi vakillar ishtirokida seminar-brifing bo‘lib o‘tgan.
25-aprel kuni esa, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatining turizm sohasi vakillaridan iborat delegasiya Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. Delegasiyaga O‘sh viloyatini rivojlantirish jamg‘armasi direktori, Turizmni rivojlantirish kengashi raisi o‘rinbosari Abdulkadir Aliev boshchilik qildi. Unga O‘sh viloyati “GIZ” loyihasi koordinatori Pazilova Nazira, “Osh Travel”, “Pamir-Alay”, “Destination Osh”, “EcoDom”, “Sanrays”, “Muzbulak Travel” kabi yirik turistik kompaniyalarning rahbarlari hamkorlik qilishdi.
Delegasiya uchun Farg‘ona shahridagi “Aziya” mehmonxonasining anjumanlar zalida rasmiy qabul marosimi o‘tkazilib, ikki viloyatning sayyohlik obyektlari to‘g‘risida taqdimot loyihalari ham namoyish etildi. Ayniqsa, “Osh Travel” sayyohlik kompaniyasi direktori Xasanova Lada hamda Farg‘ona viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi mutahassisi Manzura Haydarovaning chiqishlari qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Amaliy seminarga aylanib ketgan mazkur tadbir farg‘onalik va o‘shlik turoperatorlarning o‘zaro aloqalarini tiklash va rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.