2024-yil 1-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston - Koreya turizm forumi” tashkil etilib, uning doirasida Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida “Road-show” o‘tkaziladi.
Tadbirlar kun tartibidan O‘zbekistondagi sayyohlik yo‘nalishlari taqdimotlari, Koreya turizm sanoatining asosiy ishtirokchilari bilan uchrashuvlar, qo‘shma marketing va reklama kampaniyalarini ishlab chiqish, B2B uchrashuvlari, shuningdek, muzokaralar olib borish va shartnomalar imzolash joy olgan.
Farg'ona viloyati sayyohlik kompaniyalari va tadbirkorlik subyektlari vakillarini “Road-show”da ishtirok etishga taklif qilamiz.
Batafsil ma’lumot:
• O‘tkazish joyi va vaqti: Lotte City Hotel Seul, Seul – 1-oktyabr
•Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2024-yil 30-avgust
• Qatnashish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari ushbu raqamga murojaat etishlari mumkin.
Тел: (99) 807 82 43
Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati