Farg‘ona viloyatining boy turistik salohiyatidan samarali foydalanish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda turistik xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida so‘rovnoma tashkil etilmoqda.
Sizdan tashrif buyurgan hududingiz, sayohat maqsadingiz, viloyatda bo‘lish muddatingiz, turistik xizmatlar sifati va kelgusida rivojlantirilishi zarur bo‘lgan xizmatlar haqidagi fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz so‘raladi.
Sizning fikringiz Farg‘ona viloyatida turizm infratuzilmasini takomillashtirish, yangi turistik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va sayyohlar uchun yanada jozibador muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘rovnomada ishtirok eting va Farg‘ona turizmini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
So‘rovnoma havolasi: https://forms.gle/zKnQeoUBKhwafTGf8