Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg'onada gastroenoturizmni rivojlantirish istiqbollari

Farg'onada gastroenoturizmni rivojlantirish istiqbollari

« Back

Farg'onada gastroenoturizmni rivojlantirish istiqbollari 29.07.2024 15:44

Farg‘ona tumani “Afrosiyob” MFY, Oqibat ko‘chasida joylashgan “Ferghana France” mas’uliyati cheklangan jamiyati Qo‘shma korxonasi tomonidan viloyatda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish, viloyatga tashrif buyuradigan sayyohlarga o‘zbek milliy vinochilik brendi mahsulotlarini yaratish va keng targ‘ib qilish bo‘yicha quyidagi ishlar tashkil etilgan.

photo_2020-11-29_14-13-56

Ushbu “Ferghana France” mas’uliyati cheklangan jamiyati Qo‘shma korxonasida xorijiy sayyohlar tashrif va degustatsiya uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Shuningdek, “Ferghana France” mas’uliyati cheklangan jamiyati Qo‘shma korxonasi tomonidan turistlarga bir vaqtning o‘zida kompleks xizmat ko‘rsatish maqsadida “Family Compleks” dam olish markazi va mehmonxona, “Wine Garden” ochiq va yopiq restoran, degustatsiya zallari, savdo shahobchalari, uzum plantatsiyalari tashkil etilgan.

IMG_9566

16

Mazkur korxona Farg‘ona viloyatining “turizm marshrutiga” kiritilgan bo‘lib, viloyatdagi barcha turoperatorlar mazkur maskanda turistlarni sayohat qildirish uchun olib keladi.

25

5 (13)

Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914