
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-338-son qarori asosida har ikki yilda bir marotaba Marg‘ilon shahrida “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzisoda ko‘rgazma va ilmiy konferensiyani o‘z ichiga olgan xalqaro Forumni o‘tkazish belgilangan.
Bu borada, ilmiy-amaliy konferensiyani joriy yilning 29-may kuni Marg‘ilon shahrida o‘tkazish bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat Turizm boshqarmasi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Konferensiya doirasida nomoddiy madaniy meros namunalarini tayyorlash-o‘rgatish-tiklash-saqlash-ommalashtirish” yahlit uzluksiz tizim asosida “Hunarmandchilik” markazida adras mahsulotlari buyumlarini tayyorlash “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga o‘rgatish, ilmiy tadqiqodlar, ko‘rgazma va namoyishlar o‘tkaziladi.
Barchangizni kutib qolamiz!