Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Farg‘onada yana bir xostel va ikkita oilaviy mehmon uyi ochildi

Farg‘onada yana bir xostel va ikkita oilaviy mehmon uyi ochildi

« Back

Farg‘onada yana bir xostel va ikkita oilaviy mehmon uyi ochildi 14.06.2022 12:04

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-sonli qaroriga ko‘ra joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish belgilangan. Shu maqsadda bir necha kundan buyon Turizm va madaniy meros vazirligining ishchi guruhi targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.

photo_2022-06-13_12-02-28

photo_2022-06-14_10-43-22

photo_2022-06-13_12-30-36

photo_2022-06-13_12-04-48

13-iyun kuni vazirlik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari L. Zakirlayeva hamda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i X. Ahmedov ishtirokidagi Farg‘ona tumani “Avval” MFYda mahalla va tuman mutasaddilari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish jarayonida Farg‘ona tumani, Mozortagi MFY, Yettibuloq ko‘chasi 45-uyda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “Mamasidiqov Rahmat Qo‘chqarovich” tasarrufida “Yettibuloq-Shirinbuloq” xosteli ochilib, unga O‘zbekiston Respublikasi “Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestri”da qayd etilgan hujjatdan ko‘chirma topshirildi.

photo_2022-06-13_17-24-33

photo_2022-06-13_17-19-04

photo_2022-06-13_17-19-06

photo_2022-06-13_14-52-27

Bundan tashqari olib borilgan targ‘ibotlar natijasida shu kuni Farg‘ona tumanining “Bo‘ston” MFY Oraliq ko‘chasi 41 A uyda yashovchi fuqaro Isroiljon Dadajonov xonadonida hamda shu ko‘cha 11 A  uyda yashovchi fuqaro Ro‘ziboy Hasanov xonadonida Oilaviy mehmon uylari o‘z faoliyatini boshladi. Ularga o‘rnatilgan tartibda reyestrdan ko‘chirmalar topshirildi.

photo_2022-06-14_10-35-24

photo_2022-06-13_16-09-52

photo_2022-06-13_15-31-40

photo_2022-06-13_14-13-19


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914