Fransiyaning «STEP BY STEP Productions» kinokompaniyasi Farg‘onada
Farg‘ona viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi Matbuot xizmati.Fransiyaning «STEP BY STEP Productions» kinokompaniyasi ijodkorlari Philippe Gougler, William Japhet, Cedric Genel lar 24 aprel kuni Farg‘ona viloyat hokimligi hamda viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasining mutasaddi vakaillari tomonidan Marg‘ilon shahri temir yo‘l vokzalida kutib olindi. Rejaga ko‘ra delegasiya ijodkorlari shu kunning o‘zidayoq Marg‘ilon shahridagi “Yodgorlik” fabrikasida ipak qurtini yetishtirish, uning ozuqalari, pillaning hosil bo‘lishi, ipak xom ashyosini olinishi va undan tayyor maxsulot ishlab chiqarish bosqichlariga bag‘ishlagan xujjatli filmni tasvirga olish ishlarini boshlashdi.
Tasvirga olish ishlari 25-aprelda ham davom etib, mehmonlar kunning ikkinchi yarmida viloyatning diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishishdi. Delagasiyaga viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi H. Ahmedov, viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i M. Temirov hamda “Yodgorlik” fabrikasida rahbari A. Abdullaevlar hamrohlik qilishdi.