Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Mahalliy OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida info tur tashkil etildi.

Mahalliy OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida info tur tashkil etildi.

« Back

Mahalliy OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida info tur tashkil etildi. 19.11.2022 00:00

Ushbu tashabbusdan asosiy maqsad vilayatimizning turizm salohiyatini maksimal darajada targ'ib etish va bu yerga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning sonini oshirishga qaratilgan. Info tur ishtirokchilarining birinchi manzili Farg'ona davlat universiteti rektorati binosida tashkil etilgan Qatag'on qurbonlari, universitet faxriylari hamda shahrimizning XIX asr oxiri va XX asr tarixiga bag'ishlab tashkil etilgan universitet muzeyi bo'ldi. 

IMG_3993

IMG_3999IMG_4031

Shuningdek, bu yerda viloyat hokimi o'rinbosari hamda Farg'ona davlat universiteti chet tillari fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati uchinchi kurs talabalar o'rtasida suhbat bo'lib o'tdi. Suhbat davomida talabalar turizm sferasidagi o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

IMG_4155IMG_4154

IMG_4213

 

Keyingi manzil esa, yaqinda faoliyat boshlagan "Emin hotel" mehmonxonasi bo'ldi.

IMG_4249IMG_4244

IMG_4258IMG_4269

Info turning navbatdagi manzili Ot sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar maktabi bo'ldi. Bu yerda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda ot sport turlari namoyishi maydon tomoshalari tashkil etildi.

IMG_4367

IMG_4341

 IMG_4286IMG_4311

Kunning ikkinchi qismida, jurnalist va blogerlar Farg'ona tumanida joylashgan "Arichi 1" asalarichilik xo'jaligiga tashrif buyurdilar. Bu yerda xo'jalik rahbari tomonidan master klass bo'lib o'tdi, hamda ushbu xo'jalik misolida viloyatimizning Agroturizm salohiyati namoyish etildi.

IMG_4623

IMG_4560

 

So'ngra qatnashchilar Chimyon qishlog'ida joylashgan Huvaydo ziyoratgohiga yo'l oldilar.

IMG_4734

 

Navbatdagi manzil "Ruxsor" teleradio kompaniyasi bo'ldi.  Bu yerda tashkil etilgan jonli radio efirda info tur ishtirokchilari o'z fikr mulohazalari bildirdilar.

IMG_4876IMG_4792

Info turning so'ngi qismida jurnalist va blogerlar viloyat hokimi o'rinbosari Xurshid Axmedov hamrohligida Farg'ona xalqaro aeroportida Rossiya federatsiyasining Shermetova shahridan Farg'ona shahriga yangi Shermetova-Farg'ona aviareysi birinchi laynerini kutib olishga chiqdilar. Yangi havo liniyasi birinchi qatnovi ekipaji iliq kayfiyat bilan kutib olindi. 

IMG_5029IMG_5010

IMG_5060


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914