Bugun Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan "O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash" loyihasining yo‘nalishlaridan biri turizmni rivojlantirish bo‘yicha Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari Madaniyat va turizm bosh boshqarmasi xodimlari uchun seminar o‘tkazildi. Seminarda 4 ta "Qishloq turizmi (SVT) tashabbusi", "Xunarmandchilikni rivojlantirish", "Turizm xizmat ko‘rsatish sohasi uchun imkoniyatlar yaratish" hamda "Farg‘ona vodiysining marketing va targ‘iboti" loyihalari o‘rganildi. Viloyatlardan tashrif buyurgan seminar ishtirokchilari ushbu loyihalarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha fikrlarini bildirdi hamda seminar so‘ngida ishtirokchilar turizmni rivojlantirish omillari bo‘yicha takliflarini o‘rtoqlashishdi. Seminarni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakili doktor Nikola Hausler olib bordi.