
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 340-sonli qarori bilan tasdqilangan “Keksalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq, mamlakat bo’ylab keksa avlod vakillarining sayohat qilishlarini yanada yengillashtirish maqsadida, “Keksalar uchun turizm oyligi”ni tashkil etish vazifasi belgilangan.
Nuroniylarni qadrlash, oila va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish va ularning mamlakat bo’ylab qadamjolar va ziyoratgohlarga sayohat qilishlari-doimiy e’tiborda. Xususan, joriy yilning noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb belgilanganligi munosabati bilan, respublika bo’yicha 212 ta joylashtirish vositalarida 50 foizgacha chegirmalar joriy etildi, bundan 11 tasi Farg’ona viloyatida joylashgan mehmonxonalardir.
Jadval
Фарғона вилоят жойлаштириш воситалар чегирмалар бўйича маълумот | ||||||
№ | Жойлаштириш воситаларининг номи | Манзили | Жойлаштириш воситасининг жорий нархи | Жойлаштириш воситасининг чегирмадаги нархи | Маъсул шахс | Алоқа рақами |
1 | "ХОН" мехмонхонаси | Истиқлол кўч. 31-уй | 120 000-300 000 сўм | 100 000-240 000 сўм | Тўрақулов Хожиқобул | 94-555-44-44 |
2 | "АСР" мехмонхонаси | Мовароуннахр кўч., 43/2-уй | 180.000 - 280 000 сўм | 90.000 - 140 00 сўм | Содиқов Бахтиёр Салимович | 91-200-24-00 |
3 | "Nigina Hotel" мехмонхонаси | Мавароуннахр 2-б-уй | 80 000 - 100 000 сўм | 60000 - 80 000 сўм | Косимов Х | 91-699-93-09 |
4 | "ASMALD PALACE" мехмонхонаси | Қўқон ш. Янги-Хаёт кўч, 62А-уй | 350 000сум / 400 000сум | 300 000сум / 350 000сум | Назирова М. | 91-202-00-77 |
450 000сум / 500 000сум | 400 000 сум / 450 000 сум | |||||
2 000 000 сум | 1 500 000 сум | |||||
5 | "Rohat Hostel" мехмонхонаси | Фурқат кўчаси | 100 000 - 150 000 сўм | 80 000 - 130 000 сўм | Амужанов Т.Х. | 91-202-05-07 |
6 | "SILK ROAD KOKAND" мехмонхонаси | Қўқон ш. Туркистон кўч. 57а | 330 000 сўм | 200 000 сўм | Алиева Д. | 99-363-33-66 |
7 | "IKAT HOUSE" мехмонхонаси | Марғилон ш. Ипак Йўли кўч, 133-уй | 100 000-150 000 сўм | 80 000-125 000 сўм | Мирзааҳмедов Расулжон Тургунбаевич | (+99 890) 303-38-00, (+99 890) 303-43-30 |
8 | "ADRAS HOUSE" мехмонхонаси | Марғилон ш. Навнихол кўч, 1-уй | 130 000-240 000 сўм | 110 000-220 000 сўм | Аскаров Иброхим | (+99 891) 677-00-70, (+99 890) 323-23-24 |
9 | "ADRAS" мехмонхонаси | Марғилон ш. Б.Марғилоний, 32 а-уй | 90 000-200 000 сўм | 70 000-160 000 сўм | Абдувахобов Фахритдин | (+99 895) 404-00-35, 73-235-30-03 |
10 | "HOTEL ATLAS" мехмонхонаси | Марғилон ш. Туркистон кўч, 119-уй | 160 000-240 000 сўм | 130 000-220 000 сўм | Аскаров Иброхимжон | (+99 873) 253-33-00, (+99 891) 677-00-70 |
11 | "DIYOR" мехмонхонаси | Марғилон ш. | 187 000-308 000 сўм | 150 000-260 000 сўм | ||
12 | "FAROVON DIYOR" мехмонхонаси | Марғилон ш. Б.Марғилоний кўч, 66 б-уй | 60 000 сўм | 30 000-40 000 сўм | Абдулазизов И.У. | (+99 890) 584-00-73, (+99 894) 555-73-07 |
Bundan tashqari, 60 yoshdan yuqori erkaklar va 55 yoshdan yuqori bo’lgan ayollar uchun avia chipta (25%), temiryo’l chipta (10%) va mahalliy yo’nalishlarda qatnovchi avtobus chipta narxlariga (15%) chegirmalar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, mamlakatimiz bo’ylab 49 ta madaniy meros ob’yektlariga kirish uchun chegirmala rjoriy etilgan.
Qadrli nuroniylarimiz uchun taqdim etilayotgan Farg’ona viloyatidagi muqaddas ziyoratgohlar va qadamjolarning o’zaro bog’langan sayohat dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: Кексалар учун саёҳат дастури
Aytib o’tish joizki, Respublikada pandemik jarayonlar davom etayotganligi bois, barcha transport va joylashtirish vositalarida hamda boshqa hizmat ko’rsatish ob’yektlarida sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya etiladi.
Telegram kanalimiz: https://t.me/ferghanatourism