O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining 2022 yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Farg‘ona viloyatida xalqaro va hududlararo transport yo‘laklarini rivojlantirish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish hamda ushbu sohalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish ma qsadida Oliy Majlisi Senati ishchi guruhi 25-26 aprel kunlari Farg‘ona viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘ldilar
Rejaga muvofiq, ishchi guruhi aʼzolari Farg‘ona viloyati "Tadbirkorlar uyi"da eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Farg‘ona shahar “Global Textile” MCHJ faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganishning ikkinchi kuni “Farg‘ona” xalqaro aeroporti, Qo‘qon temir yo‘l vokzali, Qo‘qon iqtisodiy zonasi, undagi Bojxona nazorati punkti, Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, tarixiy turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashib o‘tkazildi.
O‘rganish natijasida hududlar kesimi bo‘yicha Respublikani jamoat transporti tarmog‘i bilan taʼminlash ko‘rsatkichlari, sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi, 2020-2021 yillar va 2022 yilning birinchi choragida jami yuk aylanmasi, yuklarni tashish dinamikasi, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va tashishga ixtisoslashgan logistika markazlarining soni, yuk tashishning umumiy ulushi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha tender o‘tkazish to‘g‘risida maʼlumotlar va boshqa yo‘nalishlar o‘rganildi.
Shuningdek, transport va yo‘l infratuzilmasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mavjud xalqaro transport yo‘laklaridan samarali foydalanish va yangilarini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar va ularning Prezident Administratsiyasiga, Senatga, Qonunchilik palatasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritilganligi holati, Farg‘ona vodiysi hududlarida transport va logistika sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarining mavjudligi, Viloyatda yo‘l boshqaruv, loyihalash, qurish, taʼmirlash va saqlash sohalarida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojning aniqlanganligi va chora-tadbirlar ko‘rilganligi ko‘rib chiqildi.
Farg‘ona viloyatining turizm va madaniy meros boshqarmasining 2021 yilda va 2022 yilning birinchi choragida turizm sohasida amalga oshirilgan investitsiya loyihalar, hududda turizm sohasini rivojlantirishning yaxlit strategiyasi, turizm brendi, mintaqalararo, xalqaro transport tizimida turizmning (vokzal, aeroport, samolyot, poyezd va shaharlararo avtobuslarda) targ‘ib qilinganligi, yangi turistik marshrutlarni shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan qo‘shni davlatlar hududlari o‘rtasida transchegaraviy turlarni rivojlantirish tashabbusi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida tizim faoliyati to‘g‘risida anketa, savolnoma va tahliliy dalolatnomalar to‘ldirib borildi. Ularning natijalari to‘g‘risida mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.
Bahodir Hoshimov