2022 yil 30-maydan 6-iyuniga qadar kuni Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik turizm mutaxassislari uchun o‘quv safari tashkillandi.
Mazkur safar jamoatchilik asosidagi Qirg‘iziston turizm assotsiatsiyasi tomonidan “Central Asia Инвест V” mintaqaviy loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqining “Jamoatchilik asosidagi Ipak yo‘li bo‘ylab turizm tashabbusi: Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning jamoatchilik asosidagi turizm bozori o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida tashkil etildi.
Ushbu ekskursiyadan maqsad tizimda faoliyat yurituvchi Turistik axborot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdir.
O‘zbekiston Turizm va Madaniy meros vazirligi huzuridagi sayyohlarga xizmat ko‘rsatish markazi, Farg‘ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, O‘zbekiston xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi, transport turizmi assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Ekskursiya dasturi doirasida ishtirokchilar sayyohlik joylariga tashrif buyurishdi va Qirg‘izistondagi sayyohlik maʼlumot markazlari faoliyati bilan tanishdi.
Dastlabki kunlarida O‘zbekistonlik mutaxassislar jamoatchilik asosidagi Qirg‘iziston turizm assotsiatsiyasi ofisi bilan tanishdilar. Shuningdek, «CBT Kirgizstan» taqdimoti bilan tanishib, Norin viloyati Qo‘chqor qishlog‘iga tashrif buyurishdi va “Qo‘chqor” sayyohlik axborot markazi faoliyati bilan tanishishdi. “Shyrdak” mehmon uyida ularga qirg‘iz anʼanaviy “ola kiygiz” va “shirdoq” kiygiz-gilamlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat saboqlarini ko‘rishdi.
Ekskursiya ishtirokchilari Qizil-Tuudagi qirg‘iz milliy o‘tovlariga (bo‘z-uy) sayohat qilishdi. Bel-Tam va Jaychi o‘tov-lagerlariga tashrif buyurib, Jaychi o‘tov-oromgohida burgut ovi ko‘rgazmasi tashkil etildi . Shuningdek, mutaxassislar Bokonboyevo qishlog‘i va Qorako‘l shaharlaridagi bo‘lib, ushbu joylarning sayyohlik axborot markazi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.