Logo - Turizm
UZ
UZ RU EN
logo sport
Bosh sahifa \ Yangiliklar \ Rishton tumani "M.Topvoldiyev" turizm mahallasida JICA turoperatorlari va ekspertlari uchun infotur tashkil etildi

Rishton tumani "M.Topvoldiyev" turizm mahallasida JICA turoperatorlari va ekspertlari uchun infotur tashkil etildi

« Back

Rishton tumani "M.Topvoldiyev" turizm mahallasida JICA turoperatorlari va ekspertlari uchun infotur tashkil etildi 25.05.2026 10:04

Farg‘ona viloyatining mashhur kulolchilik markazi hisoblangan Rishton tumanida joylashgan M.Topvoldiyev turizm mahallasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi - JICA turoperatorlari va ekspertlari ishtirokida infotur tashkil etildi.

IMG_2529
IMG_2526

Mehmonlar mahallaga milliy qadriyatlarimizga xos tarzda, karnay-surnay sadolari va non-tuz bilan tantanali ravishda kutib olindi. Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan tashrif davomida ishtirokchilar mahallaning turizm salohiyati, hunarmandchilik an’analari hamda mahalliy aholining turizm sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
IMG_0559

photo_2026-05-25_11-27-28

Infotur doirasida mehmonlar Rishton kulolchilik maktabining noyob an’analari, sopol mahsulotlarini tayyorlash jarayoni va milliy naqshlar sirlari haqida batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, ular uchun maxsus mahorat darsi tashkil qilinib, yaponlik mehmonlar o‘zlari ham kulolchilik mahsulotlarini yasab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
IMG_2673
IMG_2691

Tadbir ishtirokchilari mahallada turizmni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar, mehmondo‘stlik muhiti va milliy madaniy merosni yuqori baholadilar. Ayniqsa, mahalliy aholining samimiy kutib olishi va an’analarga bo‘lgan hurmati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
IMG_0588  

Mazkur infotur xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, Rishtonning turizm imkoniyatlarini xorijiy bozorlarda keng targ‘ib qilish hamda mahalliy turizmni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


https://t.me/ferghanatourism


Aloqalarimiz
Manzili:
150100 г. Farg'ona sh, Alisher Navoiy k-si, 17 A-uy. Tel., +998732441440, +998732444914