Turizm biznesi vakillari diqqatiga!!! 28.08.2024 15:37
Joriy yilning 5-sentabr sanasida Toshkent shahridagi “HYATT REGENCY” mehmonxonasida soat 10:00 da boʻlib oʻtishi kutilayotgan workshopda ishtirok etishga chorlaymiz.
Workshop davomida O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlar, ularning xarajatlari va mavsumiyligi, “o‘rtacha sayohat cheki” ni oshirish bo‘yicha global keyslar o‘rganiladi, turizm sohasida naqd pulsiz iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.
Workshopda qatnashish istagida bo‘lganlar qo‘shimcha maʼlumotlar uchun ushbu raqamlarga murojaat etishlari mumkin: +998 73 244-14-74
Farg‘ona viloyat Turizm boshqarmasi matbuot xizmati