Turkiy davlatlar o'rtasida temir yo'l transport bog'liqligi Farg'ona vodiysi - Anadolu " xalqaro forumi 27.04.2023 10:00
Tadbirda O'zbekiston va Qirg'iziston temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlari, Turkiy davlatlardan yetakchi eksportchi va sanoat ishlab chiqaruvchilari hamda yirik logistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Mazkur Forum Farg'ona vodiysi va Anadolu mintaqasi o'rtasida temir yo'l transporti bog'liqligini mustahkamlash orqali bu ikki mintaqa iqtisodiy farovonligini yanada yuksalishiga turtki bo'ladi.
Turkiy davlatlar o'rtasida temir yo'l transport bog'liqligi: Farg'ona vodiysi Anadolu xalqaro forumi Davlat rahbarlari tomonidan Samarqand deklaratsiyasidagi (32-37 bandlar) mintaqada transport va transit salohiytini yanada oshirish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida qo'yilgan ilk qadamdir.