Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy 26-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining mutasaddi vakillari joylarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda. Navbatdagi sayyor qabul 14-may kuni Farg‘ona viloyatida tashkillanib, unda viloyatda faoliyat olib boruvchi turoperatorlar, sayyohlik firmalari, mehmonxona xo‘jaliklari rahbarlari va boshqa tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan taklif va muammolari bilan qatnashdi. Qabul Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari Nusratilla Zikrillayev raisligida o‘tkazildi. Shuningdek, qabulda vazirlikning Turizm xizmat turlarini diversifikatsiya qilish hamda kirish (xalqaro) turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Barnayev va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdi.
![]()
![]()
Qabul jarayonida “Vodiy sayyoh” turistik firmasi rahbari H. Ablurahimov ichki sayyohlik faoliyati uchun to‘sqinlik qilayotgan bir necha omillarni tezlik bilan hal etish lozimligi to‘g‘risidagi taklifni o‘rtaga tashladi. Xususan, anklav hududlarga kirish va chiqishda O‘zbekiston fuqarolari uchun joriy qilingan xalqaro (qizil) va biometrik (yashil) pasport masalasi sayyohlar uchun muammoga aylanganligi, ushbu hududlarda transport logistikasi masalasi hali-hamon murakkabligicha qolayotganligi hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning daromadidan olinadigan soliq foizi 2022 yil yanvardan 15% ga ko‘tarilganligi aytildi.
![]()
![]()
Yoki, “Rohat baraka servis” MCHJ vakili F. Polvonov tomonidan yangi ochilayotgan mehmonxona hududida yuqori kuchlanishdagi TP (Transformator podstansiyasi) joylashgan bo‘lib, u jismonan eskirgan va mehmonlar hayoti uchun xavf tug‘dirayotganligi aytildi. Uni mukammal taʼmirlash yoki boshqa joyga ko‘chirish taklifi kiritildi.
![]()
![]()
Shu kabi savollar bilan sayyor qabulda 15 dan ortiq tadbirkor ishtirok etdi va o‘zlarini qiynayotgan muammolarni vazirlik vakillariga qildilar.