Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizga amaliy tashrif bilan kelgan TÜRKSOY – Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti Bosh kotibi Sultanbay Rayev bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida 2023 yil avgust oyida Farg‘ona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Turkiy dunyo Etno-moda festivali, shuningdek, kelgusi yil iyul oyida Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotiga aʼzo mamlakatlar sanʼatkorlari ishtirokida Farg‘onada tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan TÜRKSOY opera kunlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
![]()
Uchrashuvdan so'ng esa TURKSOY bosh kotibi, viloyat hokimi o'rinbosari Xurshid Axmedov hamrohligida Marg'ilon shahridagi Xunarmandlar markaziga hamda shu yili 20-22 oktyabr kunlari Marg'ilon shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro "Atlas bayrami" V an'anaviy to'qimachilik festivali doirasida Marg'ilon tarixi muzeyida tashkil etilgan "Buyuk ipak yo'li vorislari" an'anaviy to'qimachilik ko'rgazmasiga tashrif buyurdilar.
![]()
![]()
Kunning ikkinchi qismida esa mehmonlar Rishton tumani bo'ldilar va bu yerdagi Xunarmandlar markazi bilan tanishdilar.
![]()
![]()
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi bilan muzokaralar olib bordi. Muzokaralarda Turkiy Kengash davlatlari turizm poytaxti bo‘lgan Qo‘qon shahri bilan madaniy aloqalarni rivojlantirish, turizm, taʼlim sohasida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda Ikkinchi xalqaro hunarmandchilik festivalida turkiy davlatlar hunarmandlarining ishtirokini taʼminlash, Etno - moda liboslar festivallarini tashkil etish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()