Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21-sentyabrdagi "Yo‘l bo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 793-sonli qaroriga asosan respublikamizning barcha hududida avtomobillarga yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoxobchalarida doimiy ravishda monitoring olib borish joriy qilingan.
Bu borada Farg‘ona viloyatida ham viloyat hokimligining maxsus ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, bu ishchi guruh viloyatning barcha shahar va tumanlaridam doimiy ravishda monitoring olib bormoqda.
Avvalgi monitoring davomida ma'lum qilganimizdek, aniqlangan kamchiliklar ba'zi tadbirkotlar tomonidan bertaraf etilgani kishini quvontirsa, boshqa tomondan ba'zi tadbirkorlar tomonidan xali hamon bu masalaga bepisant ekanliklari ko'ngilni hira qiladi.